ANNOUNCEMENT


17.05.2024

"Neftgazmontaj" MChJ O'zbekiston Respublikasi, shuningdek xorijiy davlatlarning fuqarolarini Jamiyatning bosh direktori lavozimiga tanlovda ishtirok etish uchun taklif qiladi:

Nomzodlarga qo‘yiladigan umumiy talablar:

- oliy iqtisodiy, texnik yoki iqtisodiy-muhandislik ma'lumotlarning mavjudligi;

- qurilish va neft-gaz sohasida ish tajribasiga ega bo’lishi;

- qurilish va neft-gaz sohasida rahbar lavozimlarida kamida 3 yillik ish tajribasi;

- iqtisodiyot va/yoki boshqaruv sohasidagi jinoyatlar uchun sudlanganlikning yo'qligi;

- o'zbek tilini mukammal bilishi, rus, ingliz va/yoki boshqa xorijiy tillarni yaxshi bilishi qo’llab quvvatlanadi;

- nafaqa yoshida emasligi;

- maxsus sertifikat va orderlar bilan taqdirlanganligi inobatga olinadi.

 

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo ‘lgan nomzodlar tomonidan quyidagi hujjatlarni topshiriladi:

- tanlovda ishtiroq etmoqchiligi to‘g‘risidagi ariza;

- rezyume yoki ob'ektivka;

- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

- pasport yoki ID karta nusxasi;

- mehnat daftarchasidan tasdiqlangan nusxa yoki e-mehnat portalidan ko‘chirma;

- olgan sertifikatlari, diplomlari va boshqa taqdirlanganligi to‘g‘risdagi hujjatlar;

- boshqa taalluqli hujjatlar;

- nomzodning "Neftgazmontaj" MChJni kelgusida rivojlantirish uchun o‘zi ishlab chiqqan strategiyasi va biznes loyihasi;

 

Tanlov 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich. Nomzodlarning hujjatlarini ko‘rib chiqish. Bunda nomzodlar topshirgan hujjatlari bo‘yicha 100 ballik shkala asosida baholanadi.

2-bosqich. Nomzodlar tomonidan Jamiyatni kelgusida rivojlantirish strategiyasi (biznes loyiha) 100 ballik shkala asosida baholanadi. Bunda nomzod kuzatuv kengashi yig ‘ilishida o‘zi ishlab chiqqan strategiya va biznes loyihasini himoya qiladi hamda tushuntirib berishi lozim bo‘ladi.

 

Tanlovda 2 ta bosqich natijalariga ko’ra eng yuqori ball olgan nomzod g‘olib deb topiladi va tasdiqlanadi.

 

Ish vaqti: 5/2, soat 8:00 dan 17:00 gacha. Ish doimiy.

Ish haqi: shtat jadvaliga muvofiq.

Nomzod taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi, dolzarbligi va aniqligi uchun javobgardir.

Tanlovda xorijda oliy ma’lumot olganlik to’g’risida diplomiga ega bo‘lgan vatandoshlar va ushbu sohadagi chet ellik mutaxassislarga ustunlik beriladi.

Jamiyat haqidagi ma’lumotlar "Neftgazmontaj"MChJ veb-saytida joylashtirilgan: www.ngm.uz

Nomzodlar o‘z hujjatlarini muhrlangan konvertlarda O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko'chasi, 47-uy manziliga yuboradi.

Shuningdek nomzodlar hujjatlarini tashkent.gki@umail.uz elektron manziliga yoki kuzatuv kengashi qoshidagi "Tayinlovlar va mukofotlash qo'mitasi" a’zolarining quyidagi telegram manzillariga ham yuborishlari mumkin:

  1. @MiraziZ11
  2. @Abdullayev_Miraziz
  3. @Shirin_Hamdamovna

 

Telefon: (90) 966-75-54, (99) 308-94-96

 

Tanlov uchun nomzodlar hujjatlari shu yilning 27 chi may sanasigacha qabul qilinadi.